Yangiliklar
Jahon banki Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqiga yashil energiya eksportini qoʻllab-quvvatlaydi
Bank Markaziy Osiyodagi energetika loyihalarida ham ishtirok etadi.Jahon banki (JB) O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yashil energiya eksportini qo‘llab-quvvatlashga tayyor, deb xabar beradi Trend.az moliya institutining Markaziy Osiyodagi loyihalari koordinatori Dmitriy Petringa tayanib.
“Biz butun Markaziy Osiyo boʻylab loyihalarda, jumladan, mintaqaviy energiya savdo bozorini yaratishda faol ishtirok etmoqdamiz”, — deya qoʻshimcha qildi Petrin.
Petrin, agar ishtirokchi davlatlardan rasmiy so‘rovlar kelib tushsa, Jahon banki YeIga elektr energiyasi eksporti loyihasini iqtisodiy baholashga tayyorligini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2030-yilga borib O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.