5-yubiley Xalqaro “Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar — E-TechExpo 2026” ko‘rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekiston elektrotexnika tarmog‘iga $3 mlrd jalb qilishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev elektrtexnika sanoatini rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda xabar beradi prezident matbuot xizmati.

O‘zbekistonda elektr jihozlari ishlab chiqarish hajmi 2018 yildan beri to‘qqiz martadan ko‘proqqa oshdi — 4,7 trln so‘mdan 43,1 trln so‘mga. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar 65 davlatga yetkazib berilmoqda, tarmoqning jami eksport tushumi esa $1 mlrd dan oshdi.

Joriy yil boshidan tarmoq korxonalari yana 30 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi va $706 mlnlik eksport qildi. Qiymati $148 mln bo‘lgan 16 ta korxona ish boshladi, ular qariyb 1200 ta ish o‘rni yaratdi.

Maishiy texnika bo‘yicha talabning 80% gacha qismi mahalliy mahsulotlar hisobidan ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qurilmalarning 30% i xorijga yo‘naltirilmoqda.

Quyosh panellari, yuqori kuchlanishli kabellar va ajratgichlar, elektr transporti uchun quvvatlash stansiyalari, vakuumli o‘chirgichlar, issiqlik nasoslari kabi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, past marjali tovarlar ulushi kamaymoqda.

Yil oxiriga kelib ishlab chiqarish hajmini 51 trln so‘mga, eksportni esa $1,6 mlrd ga yetkazish maqsad qilingan (o‘tgan yilga nisbatan taxminan 60% ko‘p). $420 mlnlik 67 ta loyihani ishga tushirish kutilmoqda.

Shuningdek, taqdimot davomida 2030 yilga borib elektrtexnika va unga aloqador tarmoqlarda ishlab chiqarishni $11 mlrd ga, eksportni esa $5 mlrd ga kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi. Soha uchun investitsiyalar $3 mlrd ga yetishi, misdan tayyorlangan mahsulotlarda qo‘shilgan qiymat ulushi esa 35% bo‘lishi kerak.

Maqsadlarga erishish uchun zarur xomashyo resurslari va sotuv bozorlari mavjudligi ta’kidlandi. Hozir O‘zbekistonda har yili 150 ming tonna mis katodlari ishlab chiqarilmoqda, yangi quvvatlar ishga tushirilishi bilan ularning hajmi 300 ming tonnaga yetadi.

Tarmoq uchun asosiy drayverlar qatoriga energetika sohasining rivojlanishi kiradi. Yaqin yillarda umumiy quvvati 15 GVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilayotgani elektrtexnika mahsulotlariga yiliga $500 mln gacha buyurtmalar bozorini yaratishi kerak.

Avvalroq Spot yozgan edi, 2027 yildan boshlab O‘zbekiston Xalqaro elektrotexnika komissiyasining doimiy a’zosiga aylanadi.

Manba

Axborot ko`magi