4-Xalqaro “Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar — E-TechExpo 2025” ko‘rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

"TCG" kompaniyasida yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi

Yangi turdagi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish boshlanishi munosabati bilan kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Techno Cable Group" (TCG) kompaniyasida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda vazirliklar, davlat tashkilotlari, energetika sohasidagi loyihalar tashabbuskorlari, xorijiy va mahalliy korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

"TCG" kompaniyasi va xorijiy hamkorlarning so'nggi 18 oy davomidagi izlanishlari va mehnati natijasida bugun mazkur kompaniyada Yevropa standartlariga (IEC) to'liq javob beradigan zamonaviy-yuqori kuchlanishli, issiqlikka chidamli va ko'p funksiyali optik kabellarning yangi turlari ishlab chiqarila boshlandi.

Bunda "TCG" kompaniyasi Rossiyaning «Людиновокабель» va «Инкаб» kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qildi.

Bugungi ochiq eshiklar kunida ishtirokchilarga "TCG" kompaniyasining yangi ishlab chiqarish liniyalari, korxonadagi o'zgarishlar va yangi turdagi kabellarning ahamiyati xususida ma'lumotlar berildi.

Qiziqarli jihati shundaki, yangi o'zlashtirilgan kabel-sim mahsulotlari bugungi kunda MDH doirasida faqatgina 3 ta davlatda ishlab chiqariladi. Bular qatoriga endi O'zbekiston ham qo'shildi.