4-Xalqaro “Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar — E-TechExpo 2025” ko‘rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Sun`iy intellektni o`z ichiga olgan xizmat ko`rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.

Prezident IT-parkda sun’iy intellekt markazi ochilishini ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbari Nukusda tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot chog‘ida xizmat ko‘rsatish sohasiga yangi turtki berish, sohaga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish zarurligini ta’kidladi.
“O‘zbekistonning band aholining 52 foizi xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi. Amaldagi korxonalarning 68 foizi xizmat ko'rsatish sohasiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, sanoatda band bo‘lganlarning atigi 4 foizi yuqori qo‘shimcha qiymat ta’minlovchi sohalarda ishlaydi. Shu bois xizmat ko‘rsatish sohasida, birinchi navbatda, IT sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim”, — dedi prezident.
Uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt texnologiyalari barcha sohalarda keng tatbiq etilayotganligi sababli tez orada IT-parkda sun’iy intellekt markazi ish boshlaydi.
– Bu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoit yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.