4-Xalqaro “Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar — E-TechExpo 2025” ko‘rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Prezidentimiz sanoat tarmoqlarida 10 ta yangi laboratoriya tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

Keyingi yillarda 12 ming standart, joriy yil boshidan buyon esa 1 mingdan ortiq xalqaro standartlar qabul qilindi. Mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida 29 ta texnik reglament ishlab chiqildi.

– Ayni paytda mamlakatimizdagi 269 laboratoriyadan atigi 64 tasida sinov natijalari xalqaro miqyosda tan olingan. Bu esa tadbirkorlarni mahsulot eksport qilishda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishga majbur qiladi”, — deyiladi xabarda.

Prezidentimiz xalqaro miqyosda tan olingan laboratoriyalar sonini ko‘paytirish, elektrotexnika, qurilish materiallari, mashinasozlik kabi sohalarda 10 ta yangi laboratoriya tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mahalliy qonunchilik xalqaro tashkilot talablariga mos kelishi zarurligi ta’kidlandi. Joriy yilda 340 ta milliy standartlar, 2025 yil oxiriga qadar esa yana 38 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 28 ta texnik qoʻmitalar ishini va laboratoriyalar faoliyatini raqamlashtirish rejalashtirilgan. Xususan, buning uchun “Texnik reglament” elektron platformasi ishga tushiriladi.