4-Xalqaro “Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar — E-TechExpo 2025” ko‘rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari faol rivojlanadi

2024-yil 14-oktabrda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Hujjatda mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy maqsad va vazifalar belgilab berilgan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Strategiyaning maqsadlari

Qarorga muvofiq, 2030 yilgacha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish rejalashtirilgan:

Sun'iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko'rsatilayotgan xizmatlar hajmi 1,5 milliard AQSh dollariga yetishi kerak.
Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda EPIGU platformasida (my.gov.uz) taqdim etilayotgan xizmatlar ulushi 10 foizgacha oshiriladi.
Sun'iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar soni 10 taga yetkaziladi.Shuningdek, yuqori unumli hisoblash serverlari ham ishga tushiriladi.
O‘zbekiston hukumatlarning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga tayyorligi bo‘yicha jahon reytingida (Government AI Readiness Index) yetakchi 50 davlat qatoridan joy oladi.
Ma'lumotlar bazasi va hisoblash quvvatini yaratish

2025-yil 1-sentabrga qadar loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlovchi “katta ma’lumotlar” ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shu bilan birga, qonun hujjatlariga muvofiq axborot xavfsizligini ta’minlash talabiga rioya qilinadi.

Bundan tashqari, 2026-yilning 1-mayiga qadar sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun hisoblash quvvati ishga tushiriladi.