4-Xalqaro “Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar — E-TechExpo 2025” ko‘rgazmasi

11 - 13 noyabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri Britaniyaning Vodafone kompaniyasi O`zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

– Dunyodagi nufuzli kompaniyalardan biri – Britaniyaning “Vodafone” kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda 5G Standalone mobil aloqasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni boshladik, – dedi tadbirkor Farxod Mamatjonov 20 avgust kuni Nukusda prezident bilan uchrashuvda.

Investitsiyalar hajmi 250 million yevroni tashkil etadi va loyiha 2025 yilning birinchi choragida ishga tushirilishi kutilmoqda. 1000 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Uskuna va texnologiyalar yetkazib beruvchisi bo‘lgan ushbu loyihada Finlyandiya Nokia kompaniyasi ham ishtirok etadi.