5-yubiley Xalqaro “Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar — E-TechExpo 2026” ko‘rgazmasi

10 - 12 noyabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar (for all)

Buxoroda qiymati 105 mln dollar bo‘lgan turizm markazi qurilmoqda

3-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yangi turizm markazi qurilishi bilan tanishdi. 50 gektar maydonni egallaydigan majmua qiymati 105 mln dollarni tashkil etadi.

Hududda qabullar uyi, ko‘rgazmalar zali, muzey, ikkita mehmonxona va 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2000 o‘rinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sayilgohlar, hunarmandchilik markazlari va sun’iy ko‘l joylashadi. Binolar me’morchiligida Buxoro an’analari va zamonaviy yechimlar uyg‘unlashadi.

Markaz shaharning tarixiy va gastronomik merosini zamonaviy xizmatlar bilan bog‘laydi hamda yirik xalqaro madaniy va ishbilarmonlik tadbirlari uchun maydonga aylanadi. Hozirda 10 gektar hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilmoqda.

Loyiha to‘liq ishga tushgach, 2000 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi, Buxoroga sayyohlar oqimi 2 mln kishiga oshadi, mahalliy byudjetga esa har yili 288 mlrd so‘mga yaqin daromad tushadi.

Manba: Gazeta.uz

Axborot ko`magi